Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27-dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent — Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.
Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia kompaniyalarini ustun mavqega ega deb topdi. Ikkita kompaniya mahalliy aviatashuvlar, bundan tashqari, Uzbekistan Airways xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashuvlari bozorining 40 foizdan ortig‘ini egallaydi.
Silk Avia Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgust-3-sentabr kunlaridagi aviaqatnovlar uchun 15 foizgacha chegirma e’lon qildi. Chiptalarni 9-avgustdan xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi Silk Avia`ning 13,5 tonna og‘irlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini o‘rnatdi. Foto, video.
Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi. U Tuluzadagi ATR zavodidan yo‘lga chiqib, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, Toshkentga yetib keldi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishiga izoh berar ekan, Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak bo‘lgani, buni barcha ekspertlar ta’kidlaganini aytdi. Avvalroq u hududiy aviatsiya ishga tushganini “uzoq kutilgan loyiha” deb atagandi.
Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.
70 yoshli ayol Toshkentdan Samarqandga uchayotgan Silk Avia samolyoti hojatxona kabinasida sigaret chekdi. Samolyot qo‘nishi bilan komandir huquq-tartibot xodimlarini chaqirdi. Ayolga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.
Hududiy Silk Avia aviakompaniyasi ilk parvozlarni joriy yilning sentabr-oktabr oylarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Rano Jurayeva kechikishni loukaster tashkil etish jarayoni bilan bog‘ladi.
Uzbekistan Airports raisi Ra’no Jo‘rayeva yangi tashkil etilayotgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘yicha ayrim tafsilotlarni ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 40 ga yaqin yo‘nalishda ichki reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Birinchi bosqichda 70 o‘rinli uchta mintaqaviy samolyot kelishi kutilmoqda.
Uzbekistan Airports Silk Avia hududiy sho‘’ba aviakompaniyasni tashkil etmoqda. Yangi aviakompaniya viloyatlar o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirib, chipta narxlarini «temiryo‘l chiptalari bilan mos» qiladi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Keyinchalik aviatashuvchi xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting